
- 0
- 12.06.2026 17:06:00
- 1 min read
Afg‘onistonning Hirot shahrida ayollar hijob qoidalarini buzganlikda ayblanib hibsga olinganidan so‘ng boshlangan norozilik namoyishi qonli yakunlandi. Mahalliy manbalarga ko‘ra, namoyishni tarqatish vaqtida 2 kishi, jumladan bir bola halok bo‘lgan.
Guvohlarning aytishicha, Tolibon xavfsizlik kuchlari namoyishchilarga qarata o‘q uzgan va maxsus bo‘linmalarni jalb qilgan. Hodisa oqibatida yana 3 kishi jarohat olgan, kamida 13 kishi esa kaltaklanib, qo‘lga olingan. BMTning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Richard Bennet namoyishchilarga nisbatan ortiqcha kuch ishlatilganini qoralab, aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi. Tolibon vakillari esa ayollarning hibsga olingani haqidagi xabarlarni rad etib, amalga oshirilgan tadbirlar islomiy kiyinish qoidalarini tushuntirish bilan bog‘liq bo‘lganini ma’lum qildi.