
- 0
- 09.07.2026 11:31:00
- 1 min read
Britaniyaning “Monocle” jurnali yashash uchun dunyoning eng qulay shaharlari reytingini e’lon qildi.
Reytingda Yaponiya poytaxti Tokio birinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlardan Kopengagen va Lissabon joy oldi.
Top-10 ro‘yxatiga, shuningdek, Vena, Sidney, Syurix, Madrid, Parij, Myunxen va Oslo ham kirdi.
Reyting infratuzilma, xavfsizlik, siyosiy barqarorlik, yashil hududlar, restoranlar sifati va xarid qilish imkoniyatlari kabi mezonlar asosida tuzilgan.