Markaziy Osiyoning eng qarzdor davlati ma’lum bo‘ldi

Markaziy Osiyoning eng qarzdor davlati ma’lum bo‘ldi
  • 0
  • 25.06.2026 10:21:00
  • 1 min read

Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy davlat qarzi 140 milliard dollardan oshdi. Shundan 123,5 milliard dollari Qozog‘iston va O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi.

2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, Qozog‘istonning davlat qarzi 76,5 milliard dollarni tashkil etib, mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. O‘zbekiston esa 47 milliard dollar qarz bilan ikkinchi o‘rinda qayd etildi. Qirg‘izistonning davlat qarzi 9,8 milliard dollar, Turkmanistonniki taxminan 4 milliard dollar, Tojikistonniki esa 3,5 milliard dollarni tashkil etgan.

Davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbati bo‘yicha esa Qirg‘iziston 39,5 foiz bilan mintaqada eng yuqori qarz yukiga ega mamlakat hisoblanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News