O‘zbekiston va Germaniya Birinchi xonimi Xalqaro inklyuziv xab faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekiston va Germaniya Birinchi xonimi Xalqaro inklyuziv xab faoliyati bilan tanishdi
  • 2
  • 18.06.2026 11:39:00
  • 1 min read

Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Ziroat Mirziyoyeva Germaniya Birinchi xonimi Elke Byudenbender bilan uchrashdi. Samimiy muloqotdan so‘ng, Birinchi xonimlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Xalqaro inklyuziv xabga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida mehmonlarga xabning inklyuziv kasbiy ta’limni rivojlantirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish hamda yoshlar, jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb va ko‘nikmalarga o‘qitish bo‘yicha olib borayotgan faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Birinchi xonimlar o‘quv ustaxonalari va amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishib, ta’lim olayotgan yoshlar bilan suhbatlashdilar. Elke Byudenbender O‘zbekistonda inklyuziv jamiyatni rivojlantirish, kasbiy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News