
- 0
- 27.06.2026 14:05:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda “Itni qiynaymiz” nomli kanal paydo bo‘ldi. Unda e’lon qilingan ilk videoda noma'lum shaxslar kuchukchani oqimi kuchli daryoga uloqtirgani aks etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida sodir bo‘lgan. Kuchukchaning keyingi taqdiri hozircha noma'lum. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari voqeaga aloqador shaxslarni aniqlash va ularni qonuniy javobgarlikka tortishni talab qilmoqda.