“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi g‘oliblari taqdirlandi

“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi g‘oliblari taqdirlandi
  • 0
  • 22.05.2026 11:45:00
  • 1 min read

Shavkat Mirziyoyev “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi g‘oliblarini taqdirlash marosimida qatnashdi va o‘z nutqida, davlat boshqaruvida samaradorlik, ochiqlik va natijadorlikni ta’minlash ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.
 
Davlat rahbarining qayd etishicha, bundan buyon vazirlik va idoralar faoliyati “jarayon uchun emas, natija uchun ishlash” tamoyili asosida baholanadi. Shu maqsadda davlat organlari faoliyati xalqaro va mahalliy ekspertlar tomonidan tahlil qilinib, ularning boshqaruv sifati hamda rahbarlik salohiyati o‘rganildi.
 
Tanlov yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha eng namunali vazirlik deb topildi. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi resurslarni boshqarish, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi esa, davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘nalishida eng namunali idora sifatida e’tirof etildi.

Prezident barcha g‘oliblarni rag‘batlantirish, ularning lavozimini bir pog‘onaga oshirish va rahbar kadrlar zaxirasiga kiritishni taklif qildi. Davlat rahbari kelgusida nafaqat ilg‘or natija ko‘rsatgan, balki faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan davlat idoralari haqida ham ochiq ma’lumot berilishini ma’lum qildi.
 
Marosim doirasida Prezident Birlashgan Arab Amirligi Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiya bilan ham uchrashib, davlat boshqaruvida ilg‘or tajriba almashish va hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News