
- 0
- 16.07.2026 14:45:00
- 1 min read
2007-yilda UNICEF xayriya taqvimi uchun o‘tkazilgan fotosessiyada 20 yoshli Lionel Messi qo‘lida atigi olti oylik Lamin Yamalni ushlab suratga tushgan edi.
Bu surat mutlaqo tasodif tufayli olingan. Yamalning oilasi lotereyada g‘olib bo‘lib, “Barselona” futbolchilaridan biri bilan suratga tushish imkoniyatini qo‘lga kiritgan. Ularga aynan Messi to‘g‘ri kelgan.
Oradan 19 yil o‘tib, o‘sha chaqaloq endi futbol yulduziga aylandi va Jahon chempionati finalida Lionel Messiga qarshi maydonga tushadi.