
- 0
- 05.08.2026 18:44:00
- 1 min read
Toshkent shahrida soxta xarid cheklari orqali 4,7 mlrd so‘m byudjet mablag‘i talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament ma'lum qildi.
Tergovga qadar tekshiruvda ayrim MCHJlar kompyuter yordamida milliardlab so‘mlik soxta xaridlarni rasmiylashtirgani aniqlandi. Ular qalbaki xarid cheklarining nusxalarini Telegram orqali ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolarga sotib, Soliq Mobile ilovasi orqali noqonuniy ravishda keshbek olishgan.
Mazkur sxema orqali bir holatda 4,1 mlrd so‘m, ikkinchi holatda esa 640,8 mln so‘m keshbek to‘lab berilgan. Natijada jami 4,7 mlrd so‘m byudjet mablag‘i talon-toroj qilingan.
Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish hamda hujjatlarni qalbakilashtirish moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.