
- 1
- 12.08.2026 19:04:00
- 1 min read
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan yig‘ilishda temiryo‘l va aviatsiya sohasidagi xizmatlar sifatini keskin tanqid qildi. Hokimning ta’kidlashicha, Surxondaryodan Toshkentga qatnovchi poyezdlarda yo‘lovchilar uchun sharoitlar talab darajasida emas. Jumladan, ayrim vagonlarda sovutish tizimi ishlamaydi. Bundan tashqari, u aviachiptalar narxining yuqoriligi va ularni topishdagi qiyinchiliklarni ham tanqid qildi. Hokimning so‘zlariga ko‘ra, chipta narxlari ikki baravargacha oshib ketgan va bu aholiga, ayniqsa, kam ta’minlangan fuqarolarga qiyinchilik tug‘dirmoqda.
Qosimov mazkur holat bo‘yicha Raqobat qo‘mitasiga aviachiptalar narxini to‘liq o‘rganish va narx shakllanishini tahlil qilishni topshirdi. Shuningdek, temiryo‘l chiptalarini sotishda shaffoflikni ta’minlash, tanish-bilish orqali chipta olish kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini ta’kidlab o‘tdi.