Yaponiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Yaponiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi
  • 0
  • 29.07.2026 15:57:00
  • 1 min read

Yaponiyaning Kumamoto prefekturasida 28-iyul kuni sodir bo‘lgan 7,1 magnitudali kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Sanae Takaichi ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda va vayronalar ostida qolganlarni qutqarish uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Zilzila oqibatida Kashima shahridagi Aeon Mall savdo markazining bir qismi qulab tushgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yer silkinishi vaqtida gaz sizib chiqishi oqibatida portlash sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Qutqaruv ishlariga Yaponiya Mudofaa kuchlari ham jalb etilgan.

Shuningdek, 90 ga yaqin kishi jarohat olgan, Kumamoto aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagi vaqtincha yopilgan. Meteorologiya agentligi esa yaqin ikki-uch kun ichida kuchli takroriy zilzilalar kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirib, aholini ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News