
- 1
- 29.07.2026 19:03:00
- 1 min read
O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, shafqatsiz munosabat, beparvolik yoki ularning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlar haqida xabar berish uchun 1246 qisqa raqamli Call-markaz ishga tushirildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qilishicha, ushbu raqam orqali bolalarga nisbatan jismoniy, ruhiy yoki jinsiy zo‘ravonlik holatlari yuzasidan murojaat qilish mumkin. Murojaatlar qabul qilinadi va murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Hozirda 1246 Call-markazi sinov rejimida faoliyat yuritmoqda.