Shavkat Mirziyoyev elektropoyezdda Toshkentdan Bekobodga bordi

Shavkat Mirziyoyev elektropoyezdda Toshkentdan Bekobodga bordi
  • 1
  • 13.07.2026 17:33:00
  • 1 min read

Prezident elektropoyezdda Toshkentdan Bekobod shahriga tashrif buyurib, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar va yangi temir yo‘l qatnovi bilan tanishdi. Ma’lum qilinishicha, 192 kilometrlik “Toshkent – Bekobod” yo‘nalishida kuniga qariyb ming, yiliga esa 300 ming nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish rejalashtirilgan. Olti vagondan iborat elektropoyezd 586 yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, soatiga 120 kilometrgacha tezlikda harakatlanadi.
Poyezd nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus ko‘targichlar, konditsioner va isitish tizimlari, USB quvvatlash nuqtalari, Wi-Fi, videokuzatuv tizimi hamda velosipedlar uchun maxsus joylar bilan jihozlangan.
Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, yo‘lovchilar uchun qulayliklarni oshirish, tarmoqlarni elektrlashtirish va vokzallarda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News