Shahrisabz hokimining fuqaro uyiga tashrifi bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda

Shahrisabz hokimining fuqaro uyiga tashrifi bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda
  • 0
  • 04.08.2026 18:13:00
  • 1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz hokimining bir fuqaro xonadoniga tashrifi aks etgan video keng muhokama qilinmoqda.
Videoda hokim ayolning muammolari bilan qiziqish o‘rniga, uydagi tartibsizlik, yuvilmagan idishlar, chang va boshqa ro‘zg‘or holatiga e’tibor qaratgani ko‘rinadi. Shuningdek, u xonalarni ko‘zdan kechirarkan, ayolga “Siz ayolmisiz?!” va “Bunday yashash mumkinmi?” kabi keskin e’tirozlar bildirgani aks etgan.
Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda turli bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilar hokimning tanqidini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, boshqalar amaldorning fuqaroning shaxsiy hayotiga aralashishi va uning uyini bu tarzda tekshirishi qanchalik to‘g‘ri ekani yuzasidan e’tiroz bildirmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News