
- 10
- 30.06.2026 18:11:00
- 1 min read
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida Saida Mirziyoyeva Emmanuel Makronga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Fransiyani strategik sohalardagi uzoq muddatli sheriklik munosabatlari bog‘lab turishini qayd etib, kelgusida har ikki davlat manfaatlariga xizmat qiladigan yangi tashabbuslar va qo‘shma loyihalar amalga oshirilishiga ishonch bildirdi.