Ofitsiant robot zinadan yiqilib, 3 kunlik ta’tilga chiqdi

Ofitsiant robot zinadan yiqilib, 3 kunlik ta’tilga chiqdi
  • 1
  • 10.08.2026 14:21:00
  • 1 min read

Turkiyaning Amasya shahridagi restoranda ofitsiant bo‘lib ishlayotgan “Gayretli” nomli robot belgilangan yo‘nalishidan chiqib, zinadan qulab tushdi.
Robotning zinadan qulab tushgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, ko‘plab tomoshabinlar e’tiborini tortdi.
Restoran rahbariyati robot ko‘p ishlagani sabab “stressga tushgan” bo‘lishi mumkinligini aytib, unga 3 kun dam olishga ruxsat berdi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News