Putin To‘qayevning urushni to‘xtatish taklifini rad etdi

Putin To‘qayevning urushni to‘xtatish taklifini rad etdi
  • 0
  • 27.07.2026 17:04:00
  • 1 min read

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ukraina bilan urushni vaqtincha to‘xtatib, muzokaralarni qayta boshlashni taklif qildi. Biroq Putin bu taklifni rad etdi.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Rossiya harbiy harakatlarni faqat o‘z maqsadlariga erishganidan keyingina to‘xtatadi. Uning ta’kidlashicha, Moskva uchun asosiy shart — urushdagi belgilangan maqsadlarga erishishdir.
To‘qayev esa mojaroni muzlatish va “Istanbul formulasi 2.0” asosida tinchlik muzokaralarini qayta tiklashni taklif qilgan. U urushni davom ettirish ikki xalq uchun ham katta yo‘qotishlarga sabab bo‘layotganini ta’kidlagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News