
- 0
- 29.07.2026 15:46:00
- 1 min read
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan harbiy-texnik hamkorlik to‘g‘risidagi amaldagi shartnomalarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni topshirdi. Tegishli farmoyishlar 27-iyul kuni imzolandi.
Gap O‘zbekiston bilan 2016-yilda, Qozog‘iston bilan esa 2013-yilda imzolangan harbiy-texnik hamkorlik bitimlari haqida bormoqda.
Mazkur shartnomalar qurol-yarog‘ va harbiy texnikalarni o‘zaro yetkazib berish, ularni ta’mirlash va modernizatsiya qilish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda mutaxassislar tayyorlashni nazarda tutadi.
Hozircha qanday o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilayotgani rasman ma’lum qilinmagan.