
- 2
- 03.11.2026 13:46:00
- 1 min read
Prezident Şavkat Mirziyoyev 3-noyabr kuni Buxoro viloyatiga taşrifi davomida Kogon tumanidagi Bahouddin Naqşband maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bu yerda Qur’on tilovat qilinib, xalqqa tinçlik va farovonlik tilab duo qilindi.
Davlat rahbari majmuaning tarixiy va ma’naviy ahamiyati haqida söz yuritib, Buxoroning islom ma’rifati rivojidagi örnini ta’kidladi. Şuningdek, boy tarixiy merosni çuqur örganiş va undan yoşlar tarbiyasida samarali foydalaniş zarurligini qayd etdi.
Ma’lumot uçun, Bahouddin Naqşband majmuasi har kuni örtaça 15 mingga yaqin ziyoratçini qabul qiladi. U UNESCO Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan.