Prezident yoshlarning startap va innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi

Prezident yoshlarning startap va innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
  • 8
  • 30.06.2026 14:18:00
  • 1 min read

Shavkat Mirziyoyev 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Olimpiya shaharchasida tashkil etilgan maxsus ko‘rgazmada faol va tashabbuskor yoshlar bilan uchrashdi. Davlat rahbari mahalla rivoji, ekologiya, startaplar, muhandislik, kitobxonlik va madaniyat yo‘nalishlaridagi loyihalar bilan tanishib, ularning mualliflari bilan muloqot qildi.

Ko‘rgazmada Farg‘onadagi “Obod ta’lim” o‘quv markazi, ekologik innovatsiyalar, inklyuziv ta’lim, sun’iy intellektga asoslangan startaplar, robototexnika hamda muhandislik loyihalari taqdim etildi. Shuningdek, kitobxonlikni ommalashtirish, adabiyot va san’atni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar ham namoyish etildi. “Mutolaa” mobil ilovasi hamda adabiy turizmni rivojlantirishga oid yangi takliflar muhokama qilindi.

Prezident yoshlarning ilm-fan, innovatsiya va tadbirkorlik sohalaridagi yutuqlarini yuqori baholab, bunday tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli loyihalarni amaliyotga joriy etish va yosh tadbirkorlarning xalqaro bozorlarga chiqishiga ko‘maklashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News