Soxta MyGov sayti orqali 1 milliard so‘mdan ortiq pul o‘g‘irlandi

Soxta MyGov sayti orqali 1 milliard so‘mdan ortiq pul o‘g‘irlandi
  • 2
  • 18.07.2026 15:55:00
  • 1 min read

Ichki ishlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz saytini soxtalashtirib, fuqarolarni aldagan jinoiy guruhni qo‘lga oldi.
Ma'lum qilinishicha, gumondorlar Instagram orqali "kompensatsiya rasmiylashtirish markazi" nomi ostida soxta reklama tarqatib, fuqarolarning bank karta ma'lumotlarini qo‘lga kiritgan va pullarini o‘zlashtirgan.
Tergovga ko‘ra, jinoiy guruh 456 nafar fuqarodan 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News