Toshkentdagi YTH yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Toshkentdagi YTH yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
  • 0
  • 02.06.2026 19:07:00
  • 1 min read

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yo‘lovchi avtobus va yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgani aks etgan videolar tarqalgandi.

“Toshshahartransxizmat” axborot xizmati ma’lum qilishicha, hodisa soat 15:28 atrofida Nukus va Taras Shevchenko ko‘chalari kesishmasida yuz bergan. 16-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan Yutong avtobusi chapga burilayotgan vaqtda qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan BYD avtomobili bilan to‘qnashgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yengil avtomobil haydovchisi chorrahada svetoforning qizil chirog‘iga rioya qilmaganligi oqibatida avariya yuz bergan. Hodisa natijasida haydovchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, shifoxonaga yuborilgan. Holat yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News