Noyabrda keksalar muzeylarga 50 foiz chegirma bilan kirishi mumkin

Noyabrda keksalar muzeylarga 50 foiz chegirma bilan kirishi mumkin
  • 2
  • 24.10.2026 12:42:00
  • 1 min read

O‘zbekistonda 1–30-noyabr kunlari “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida keksa yoshdagi fuqarolar uchun madaniy meros obyektlari, davlat muzeylari va muzey-qo‘riqxonalarga kirish chiptalariga 50 foizlik chegirma beriladi.

Bu keksalarning tarixiy obidalar va muzeylarga tashrif buyurishi, mazmunli hordiq chiqarishi hamda mamlakatning tarixiy-madaniy merosi bilan tanishishini rag‘batlantirish maqsadida joriy etilmoqda.

Avvalroq keksalar uchun mahalliy yo‘nalishdagi poyezd chiptalariga ham 20 foizlik chegirma berilishi ma’lum qilingan. Ushbu imtiyoz 55 yoshdan yuqori ayollar va 60 yoshdan yuqori erkaklarga tegishli bo‘lib, “Afrosiyob” tezyurar poyezdidan tashqari barcha mahalliy yo‘nalishlarda amal qiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News