
- 5
- 24.10.2026 10:45:00
- 1 min read
Buxoro viloyatining Vobkent tumanida yashovchi shaxsning uyidan 2 ming so‘mlik 1 516 dona qalbaki banknota, rangli printer va giyohvandlik vositalari aniqlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Tekshiruv davomida jami nominal qiymati 3 million 32 ming so‘m bo‘lgan qalbaki pullar, 284,71 gramm marixuanaga o‘xshash modda hamda 7 tup kannabis o‘simligi topilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
#casia #news #Buxoro