
- 0
- 27.07.2026 17:09:00
- 1 min read
Xitoyning janubiy hududlarida kuzatilgan kuchli shamol va to‘fon jiddiy oqibatlarga sabab bo‘ldi. Gonkongda kuchli shamol ta’sirida baland binoga o‘rnatilgan qurilish iskalasi qulab tushdi. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan hudud vaqtincha o‘rab olinib, transport harakati cheklangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan.
Bundan tashqari, Guandun viloyatida yuzaga kelgan to‘fon markazida shamolning tezligi soatiga 162 km/soatgacha yetgani ma’lum bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda kuchli shamol ko‘chadagi muzqaymoq muzlatkichini uchirib ketgani aks etgan videolar ham keng tarqalgan. Mazkur tabiiy ofat xavfi sabab hozirda 1 milliondan ortiq aholi evakuatsiya qilinib, hududdagi temiryo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatilgan.