
- 0
- 11.06.2026 13:39:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla ichida katta tezlikda harakatlanib YTH sodir etilgani aks etgan video tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, holat 23-may kuni Farg‘ona viloyatida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan. 14 yoshli bola otasining “Kia” avtomobilini uyda qarovsiz qoldirilgan vaqtda haydab ketgan.
Videoda uning mashinani yuqori tezlikda boshqarib YTHga uchragani ko‘rinadi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.