🥛Kelajakdan kelgan sut?

🥛Kelajakdan kelgan sut?
  • 1
  • 18.06.2026 10:55:00
  • 1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoning Qarshi shahridagi do‘konlardan birida 16-iyun sanasi bilan ishlab chiqarilgani ko‘rsatilgan sut 15-iyun kuni sotilgani aytilgan video qizg‘in muhokama qilinmoqda. Biroq bunga isbot yo‘q, ya’ni o‘sha sutning rasmi yoki videosi ko‘rsatilmagan. Videoda bir qiz hali “ishlab chiqarilmagan” mahsulotni xarid qilgani va uning “sveji”ligi bir kun oldin yozilgan sut tezda buzilib, achib qolganini aytgan.

Ushbu video hozir ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Ba’zilar buni haqiqatga yaqin holat deb hisoblasa, boshqalar kontent uchun qilingan hazil deb taxmin qilmoqda.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News