Erkak avtobusda jinsiy ehtiyojini qondirmoqchi bo‘ldi

Erkak avtobusda jinsiy ehtiyojini qondirmoqchi bo‘ldi
  • 0
  • 09.07.2026 14:13:00
  • 1 min read

Ayolning Ne Molchi loyihasiga ma’lum qilishicha, voqea 6-iyul kuni ertalab soat 08:30–08:50 oralig‘ida yuz bergan.
Jabrlanuvchi deyarli bo‘sh bo‘lgan avtobusda dastlab erkak uning yoniga o‘tirganini, biroq erkakdan kelayotgan noxush hid tufayli boshqa o‘rindiqqa o’tganini yozgan.
Shundan so‘ng erkak oyoqlarini keng ochib, jamoat joyida axloq qoidalariga zid harakatlarni qila boshlagan. Vaziyatdan shubhalangan ayol telefoni orqali uni tasvirga olishni boshlagan.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, erkak bir necha bor harakatini to‘xtatgan bo‘lsa-da, yana davom ettirgan.
Shundan keyin ayol unga e’tiroz bildirib, bu harakatlarini internetda e’lon qilishini aytgan. Erkak esa gap unga qaratilgan-qaratilmaganini so‘ragan. Ayol bu harakatlar aynan unga tegishli ekanini bildirganidan so‘ng, avtobus bekatga yaqinlashganda erkak yo‘l haqini to‘lamasdan tushib ketgan.
Jabrlanuvchi bu kabi holatlar ayniqsa voyaga yetmagan qizlar uchun jiddiy ruhiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlab, aybdor shaxsni javobgarlikka tortish kerakligini bildirgan.
Voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lib, erkakni javobgarlikka tortish lozimligini ta’kidlashmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News