9 yoshli bolani shavqatsizlarcha urgan erkak qo‘lga olindi

9 yoshli bolani shavqatsizlarcha urgan erkak qo‘lga olindi
  • 3
  • 19.06.2026 16:00:00
  • 1 min read

Andijon viloyatida voyaga yetmagan bolaga nisbatan zo‘ravonlik ishlatgan erkak ichki ishlar organlari tomonidan qo‘lga olindi. Ushbu holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng huquq-tartibot idoralari tezkor choralar ko‘rgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 18-iyun kuni Shahrixon tumanidagi Namozgoh mahallasida sodir bo‘lgan. 2016-yilda tug‘ilgan ikki nafar voyaga yetmagan bola o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelib, ular o‘zaro mushtlashib ketgan. Shu vaqtda ulardan birining otasi vaziyatga aralashib qo‘shnisining farzandini urib, jarohatlagan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News