
- 0
- 04.07.2026 11:14:00
- 1 min read
3-iyul kuni Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi qurilish maydonida yirik kanalizatsiya quvuri shikastlanishi oqibatida yer o‘pirilishi sodir bo‘ldi.
Tuman hokimligi ma’lum qilishicha, texnik nosozlik tufayli quvurga zarar yetgan, natijada yer qoplamasining bir qismi cho‘kib, o‘pirilgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda voqea joyida mutaxassislar tomonidan nosozlikni bartaraf etish va hududni xavfsiz holatga keltirish ishlari olib borilmoqda.