
- 3
- 20.06.2026 18:03:00
- 1 min read
Dominikan Respublikasining Bayaxibe kurort hududidagi mehmonxonalardan birida yuz bergan yirik yong‘in oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, qariyb 1 700 nafar sayyoh evakuatsiya qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lgan ayol 46 yoshli italiyalik sayyoh bo‘lgan. Hodisa oqibatida yana uch kishi shifoxonaga yotqizilgan, olti kishiga esa voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mehmonxona tomining palma barglaridan qurilgani va kuchli shamol sabab yong‘in tez tarqalgan. Yong‘in nazorat ostiga olingan. Hozirda uning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.