Lionel Messining otasi vafot etdi – OAV

Lionel Messining otasi vafot etdi – OAV
  • 0
  • 08.08.2026 18:32:00
  • 1 min read

Argentinalik futbolchi Lionel Messining otasi Xorxe Messi 68 yoshida shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Argentinaning “Infobae” nashri xabar berdi.

Xorxe Messi uzoq vaqt davomida kasallik bilan kurashgan. Uning aynan qanday kasallikka chalingani ochiqlanmagan.
Messi avvalroq JCh-2026 doirasida Jazoirga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etganidan so‘ng ko‘z yoshlarini tiyolmagandi. U intervyuda bu holat futbol bilan bog‘liq emasligini, og‘ir kunlarni boshdan kechirayotgani sababli shunday bo‘lganini aytgan.
Shundan so‘ng Messining otasi jiddiy kasal ekani va hatto o‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan.

Avvalroq Argentinalik teleboshlovchi Florensiya Penya jonli efir paytida Messining otasi vafot etgani haqida yolg‘on xabar bergani uchun ishdan bo‘shatilgani ma’lum qilingandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News