Katta miqdorda pora olganlar endi muddatidan oldin ozod qilinmaydi

Katta miqdorda pora olganlar endi muddatidan oldin ozod qilinmaydi
  • 0
  • 24.06.2026 15:57:00
  • 1 min read

Avvalroq O‘zbekistonda pora olish, pora berish va pora olishda vositachilik qilganlik uchun sudlangan shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish taqiqlanishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.
Bu tartib 23-iyundan boshlab rasman kuchga kirdi. Yangi qonunga ko‘ra, juda ko‘p miqdorda pora olgan, pora bergan yoki pora olish-berishda vositachilik qilgan shaxslar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilmaydi.
Shuningdek, firibgarlik va talon-toroj qilish oqibatida yetkazilgan zararni to‘liq qoplamagan mahkumlarga ham ushbu imtiyoz qo‘llanmaydi. Bundan tashqari, korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslarning elektron reyestri yuritiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News