Hindistondagi mehmonxona yong‘ini qurbonlari orasida o‘zbekistonlik ham borligi ma’lum qilindi

Hindistondagi mehmonxona yong‘ini qurbonlari orasida o‘zbekistonlik ham borligi ma’lum qilindi
  • 0
  • 06.06.2026 18:34:00
  • 1 min read

Avvalroq Hindistonning Nyu-Dehli shahri janubidagi Malviya Nagar tumanida joylashgan mehmonxonada yong‘in yuz berib, 21 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Hindiston Tashqi ishlar vazirligi halok bo‘lganlar orasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi ham borligini ma’lum qildi. Vazirlik vakili Randhir Jaysvalning bildirishicha, hodisa oqibatida 13 nafar xorijiy fuqaro halok bo‘lgan. Ular orasida Mozambik, Nigeriya, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Bangladesh, Liberiya, Kongo va Iroq fuqarolari bor. Shuningdek, yana 20 nafardan ortiq xorijlik jabrlangan. Hindiston Tashqi ishlar vazirligi jabrlanganlar va halok bo‘lganlarning davlatlari elchixonalari bilan hamkorlikda zarur yordam ko‘rsatish ishlarini olib bormoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News