Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda 3 mlrd dollarlik yangi loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda

Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda 3 mlrd dollarlik yangi loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda
  • 0
  • 23.05.2026 15:40:00
  • 1 min read

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Islom taraqqiyot bankining Almati mintaqaviy markazi rahbari Ali Muhammad Xon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqboldagi yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Tomonlar istiqbolli investitsiya loyihalari dasturini imzolab, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar ro‘yxatini tasdiqladi. Qayd etilishicha, Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda umumiy qiymati 3 milliard dollarga teng bo‘lgan 20 ta yangi loyihani ko‘rib chiqmoqda. Loyihalar transport infratuzilmasini rivojlantirish, energetika, suv resurslarini boshqarish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor sohalarni qamrab oladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News