AQSHda futbolchining o‘limiga sababchi bo‘lgan o‘zbekistonlik haydovchi ozod qilindi

AQSHda futbolchining o‘limiga sababchi bo‘lgan o‘zbekistonlik haydovchi ozod qilindi
  • 0
  • 17.07.2026 16:28:00
  • 1 min read

5-iyul kuni AQSHning Ogayo shtatida o‘zbekistonlik Behzod Asrarov boshqaruvidagi yuk mashinasi yengil avtomobil bilan to‘qnashib, 21 yoshli kollej futbolchisi Tobias Forsayt halok bo‘lgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, 42 yoshli Behzod Asrarov 2024-yilda grin-karta dasturi orqali AQSHga ko‘chib borgan. U yuk mashinasini boshqarish uchun zarur CDL guvohnomasiga ega bo‘lgan, biroq ingliz tilini bilmagani sababli patrul xodimlari bilan Google Translate orqali muloqot qilgan. Behzod Asrarov avariyadan soʻng videoregistratorni choʻntagiga yashirgan. Shu sababli ashyoviy dalillarni yashirish yoki yoʻq qilishga urinishda ayblangan.

10-iyul kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida Asrarov tarjimon orqali ishtirok etdi. Sud uni elektron kuzatuv moslamasi taqish sharti bilan garovsiz, ya’ni shartli ravishda ozod qildi va u oyogʻiga elektron kuzatuv moslamasi taqqan holda qoʻyib yuborildi.
Hozirda hodisa yuzasidan tergov davom etmoqda. Tergov yakunlariga ko‘ra, haydovchiga qo‘shimcha ayblovlar qo‘yilishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News