
- 5
- 20.06.2026 10:50:00
- 1 min read
Qozog‘istonning Olmaota shahridagi supermarketlardan birida yuz bergan mojaro keng bahslarga sabab bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda xaridor kassadagi navbatlardan norozi bo‘lib, do‘kon xodimasidan unga rus tilida javob berishni talab qilgani aks etgan. Administrator esa qo‘shimcha kassir tez orada kelishini qozoq tilida tushuntirgan.
Hodisani o‘rgangan politsiya materiallarni sudga taqdim etgan. Sud qaroriga ko‘ra, janjal ko‘targan ayolga 20 MRP, ya’ni taxminan 84 ming tenge (qariyb 2 million so‘m) miqdorida jarima belgilangan.