
- 12
- 09.06.2026 16:52:00
- 1 min read
Avstriyadagi Shyonbrun saroyi devorlarida XVI–XVII asrlarga oid buyuk boburiylar saltanatini aks ettiruvchi o‘nlab suratlar topildi.

Ushbu noyob topilma saroyning “Milyonlar o‘tog‘i” deb nomlanuvchi xonasidan Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo tomonidan aniqlangan.

Akdemik rasmdagi detallar saroy hayoti, malikalar va buyuk janglar manzaralarini o‘zida mujassam etganligini ma’lum qilgan.


Ma’lumot uchun, mazkur qo‘rg‘on UNESCO merosi ro‘yxatiga kiritilgan.


Shuningdek, Yevropaning eng kuchli sulolalaridan biri bo‘lgan Habsburglar yozgi qarorgohining devorlarida boburiylar davriga oid tasvirlarning mavjudligi tarixiy va madaniy aloqalarning yaxshi bo‘lganligini ko‘rsatadi.