
- 0
- 05.08.2026 18:54:00
- 1 min read
Ekologiya qo‘mitasi raisi maslahatchisi, sobiq deputat Rasul Kusherboyev hokimlarning mahallalarda uyma-uy yurib fuqarolarning xonadoni va hovlisidagi tozalikni tekshirayotgani hamda bu jarayonni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilayotganini tanqid qildi.
Uning ta’kidlashicha, bunday harakatlar hokimlarning vakolatiga kirmaydi. Kusherboyev bu holatni “hokimlar qaynona rolini o‘ynamoqda” deya baholab, zarur bo‘lsa, buning uchun qonuniy javobgarlik ham yuzaga kelishi mumkinligini aytdi.
Shu orada Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Shahrisabz tumani hokimi fuqaroning uyiga kirib, xonadonning sanitariya holatini tanqid qilgani va jarima solishni buyurgani aks etgan video yuzasidan Qashqadaryo viloyati hokimligiga taqdimnoma kiritdi. Agentlik fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligini buzish, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish hamda asossiz ma’muriy bosim o‘tkazish qonunchilik va odob-axloq me’yorlariga zid ekanini bildirib, holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazish hamda huquqiy baho berishni so‘radi.