- 0
- 03.08.2026 10:58:00
- 1 min read
Toshkent shahrining Olmazor tumani, Orzu massividagi qurilish maydonida yer o‘pirilib tushdi. Hodisa oqibatida bir kishi jabrlangan.
Toshkent shahar hokimligi ma’lum qilishicha, hodisa yuzasidan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Qurilish inspeksiyasi, prokuratura va boshqa mutasaddi idoralar ishtirokida maxsus komissiya tuzilgan.
Hozirda voqea joyi o‘rab olinib, xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda. Mutaxassislar yer o‘pirilishining sabablari, shuningdek, yo‘l qoplamasi va muhandislik tarmoqlarining holatini o‘rganmoqda. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga huquqiy baho berilishi ma’lum qilingan.