
- 11
- 15.06.2026 12:53:00
- 1 min read
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning Osiyo bo‘ylab rasmiy safari doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Unga rafiqasi hamda biznes delegatsiyasi hamrohlik qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, prezidentning 5 kunlik safari Indoneziya, Filippin va O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Toshkentda o‘tkaziladigan uchrashuvlarda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi malakali mehnat migratsiyasi masalalari muhokama etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Shtaynmayer Germaniyaning GP Günter Papenburg qurilish kompaniyasining Toshkentdagi filialiga ham tashrif buyuradi.