Toshkent viloyatida gaz to‘ldirish shoxobchasi portlab ketdi

Toshkent viloyatida gaz to‘ldirish shoxobchasi portlab ketdi
  • 0
  • 17.07.2026 12:29:00
  • 1 min read

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan avtomobillarga propan gaz to‘ldirish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi.
Qayd etilishicha, 16-iyul kuni soat 22:46 da M-39 avtomobil yo‘li bo‘yidagi shoxobchada propan saqlash sig‘imi va gaz tashishga mo‘ljallangan maxsus avtomobilda chaqnash yuz bergan.
Hodisa oqibatida 3 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar yong‘inni bartaraf etgan. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News