O‘zbekistonda beshta yangi sel-suv ombori quriladi

O‘zbekistonda beshta yangi sel-suv ombori quriladi
  • 0
  • 30.05.2026 21:35:00
  • 1 min read

Prezidentning sel va toshqin suvlaridan samarali foydalanishga qaratilgan qarorida O‘zbekistonda 2027–2030-yillar davomida Jizzax, Samarqand va Toshkent viloyatlarida beshta yangi sel-suv ombori qurish belgilandi.
Loyihaga ko‘ra, Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Tangatopdisoy, Samarqand viloyatining Urgut tumanida G‘ijduvonsoy va Choshtepasoy, Qo‘shrabot tumanida Oqtepasoy hamda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Oqsoqotasoy sel-suv omborlari quriladi.
Yangi omborlar ishga tushirilishi natijasida minglab gektar yerlarning suv ta’minoti yaxshilanadi va yangi qishloq xo‘jaligi maydonlari o‘zlashtiriladi.

Shuningdek, ayrim loyihalar davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi. Omborlar atrofida turistik-rekreatsion zonalar va baliqchilik xo‘jaliklarini tashkil etish ham rejalashtirilgan.
Mutaxassislar fikricha, mazkur loyihalar sel va toshqin suvlaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News