
- 0
- 26.06.2026 18:09:00
- 1 min read
FIFA AQSHning Sietl shahrida bo‘lib o‘tadigan JCH-2026 guruh bosqichidagi Eron — Misr uchrashuvi vaqtida stadionga LGBT ramzlari va kamalak rangli bayroqlarini olib kirishga ruxsat berdi.
Bu qaror Eron va Misr tomonlarining e’tirozlariga qaramay qabul qilindi. Har ikki davlat federatsiyasi bunday ramzlar ikki davlatning ham madaniy va diniy qadriyatlariga zid ekanini ta’kidlab, LGBT tadbirlarni o‘tkazmaslikni so‘ragan. Biroq FIFA ushbu talablarni rad etib, Jahon chempionati barcha uchun ochiq va inklyuziv musobaqa ekanini, inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlovchi ramzlardan foydalanishga ruxsat berilishini ma’lum qilgan.