
- 0
- 03.08.2026 10:47:00
- 1 min read
Farg‘ona viloyatida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi Tohirjon Jo‘rayev hashar vaqtida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi. Bu haqda Ijtimoiy himoya agentligi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 28-iyul kuni Uchko‘prik tumanida sodir bo‘lgan. Tuman hokimligi tomonidan “mahalla yettiligi” a’zolari obodonlashtirish ishlariga jalb etilgan. Hashar davomida yollanma ishchilar ishlatayotgan o‘t o‘radigan asbobning pichog‘i sinib, Tohirjon Jo‘rayevning qorniga sanchilgan. U olgan og‘ir jarohati oqibatida vafot etgan.
Ijtimoiy himoya agentligi marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, ularga zarur ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi. Shuningdek, xodimlarni xizmat vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb etish holati va mas’ullar javobgarligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazilib, tegishli choralar ko‘rilishi bildirilgan.