Tataristonda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning oilalariga 2 mln rubldan beriladi

Tataristonda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning oilalariga 2 mln rubldan beriladi
  • 1
  • 17.08.2026 10:23:00
  • 1 min read

Tataristonning Nijnekamsk shahrida 10-avgust kuni sodir bo‘lgan dron hujumi oqibatida halok bo‘lganlarning oilalariga 2 million rubldan bir martalik yordam beriladi.
Jarohatlanganlarga esa jarohat darajasiga qarab 300 mingdan 600 ming rublgacha kompensatsiya to‘lanadi. Og‘ir va o‘rtacha og‘ir jarohat olganlarga 600 ming, yengil jarohatlanganlarga 300 ming rubl beriladi.
Shuningdek, hujumda mol-mulki zarar ko‘rgan fuqarolarga ham 78,3 ming rubldan 156 ming rublgacha kompensatsiya ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, 10-avgustdagi Ukraina hujumi oqibatida 13 kishi, jumladan bir bola halok bo‘lgan, 70 dan ortiq kishi tibbiy yordamga murojaat qilgan. Halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ham bor.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News