
- 4
- 19.06.2026 18:23:00
- 1 min read
Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, tezkor tadbirlar natijasida o‘zini prokuratura xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolarning ishonchidan foydalanib firibgarlik qilgan shaxs qo‘lga olindi.
U bug‘doy mahsulotlari bilan bog‘liq biznes orqali daromad olishni va’da qilib, fuqarolardan jami 1,7 milliard so‘m mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan olgan.
Shuningdek, u tadbirkorga tegishli yer maydonini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, buning evaziga 95 ming AQSH dollari olgan.
Bundan tashqari, Facebook orqali tanishgan fuqaroga avtomobilni yangisiga almashtirib berishni va’da qilib, uning avtomobilini qo‘lga kiritgan va keyinchalik boshqa shaxsga sotib yuborgan. Yana bir holatda esa u yaqin tanishi bo‘lgan fuqaroning uyiga yashirin kirib, ko‘p miqdorda tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketgan.
Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, 18-iyun kuni soxta prokurorga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik va o‘g‘rilik moddalari bo‘yicha ayblov qo‘yilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.