Azov dengizida dron hujumi: 5 nafar Ozarbayjon fuqarosi halok bo‘ldi

Azov dengizida dron hujumi: 5 nafar Ozarbayjon fuqarosi halok bo‘ldi
  • 0
  • 05.06.2026 18:23:00
  • 1 min read

5-iyunga o‘tar kechasi Azov dengizining Taganrog qo‘ltig‘ida dron hujumi sodir bo‘ldi. Hujum Turkiyadan Rostov-Don tomon yo‘l olgan “Natra” va “Zirkon” yuk kemalariga qaratilgan.
Voqea oqibatida kemalarda ishlayotgan 5 nafar Ozarbayjon fuqarosi halok bo‘ldi, yana 3 nafari jarohatlandi. Umumiy hisobda kemalarda 25 nafar Ozarbayjon fuqarosi bo‘lgan. Jarohatlanganlar Yeysk porti va shifoxonasiga yetkazilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kemalar xorijiy bayroq ostida harakatlangan va Ozarbayjonga tegishli emas. Hujum yuzasidan turli manbalarda uning ortida Ukraina Qurolli kuchlarining uchuvchisiz tizimlar bo‘linmalari turgani aytilmoqda. Ularning maqsadi bosib olingan hududlardan noqonuniy yuk tashiyotgan kemalarga zarba berish bo‘lgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News