
- 0
- 24.07.2026 14:26:00
- 1 min read
AQSHda haydovchi mashinasidan tushib, nogironlar aravachasidagi erkakka yo‘lni kesib o‘tishida yordam berdi. Qayd etilishicha, “O‘rgimchak odam” kostyumini kiyib olgan 20 yoshli yigit bolalar uchun tashkil etilgan tadbirdan qaytayotgan bo‘lgan. U serqatnov ko‘chada erkakning yo‘lni xavfsiz kesib o‘ta olmayotganini ko‘rib, mashinasidan tushgan va uni yo‘lning narigi tomoniga olib o‘tgan. Mazkur holat kuzatuv kamerasiga muhrlanib, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Ko‘pchilik yigitning bu harakatini “haqiqiy qahramonlik” -deya, e’tirof etdi.