
- 0
- 21.07.2026 18:25:00
- 1 min read
Farg‘ona shahrida yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini sotishga uringan er-xotinga sud hukmi o‘qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, er-xotin 2024-yilda Qo‘qonda shar’iy nikoh asosida oila qurgan. Oradan bir yil o‘tib ular o‘g‘il farzandli bo‘lgan. Keyinchalik moddiy qiyinchiliklar va oilaviy kelishmovchiliklar sabab chaqaloqni sotishga qaror qilgan. Ular tushadigan pulni kreditlarini yopish va boshqa ehtiyojlariga sarflashni rejalashtirgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha sud har ikki sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan aybdor deb topib, har biriga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
Shuningdek, bolaning himoyasi Qo‘qon shahar Inson ijtimoiy himoya agentligi hamda hokimlikning bolalarni himoya qilish sho‘basi zimmasiga yuklatildi.