
- 0
- 02.07.2026 15:24:00
- 1 min read
Nyu-Yorkdagi Empire State Building binosining qariyb 443 metr balandlikdagi cho‘qqisiga chiqqan ekstremal bloger Ivan Birkus sevgilisi Anjela Nikolauga turmush qurishni taklif qildi. Juftlik "Muhabbat kuchi hokimiyatga bo‘lgan muhabbatdan ustun kelganda, dunyo tinchlikni topadi" degan yozuv tushirilgan bannerni yoydi.
Pastga tushgach, ular politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Juftlikka noqonuniy kirish, xavfsizlik qoidalarini buzish va boshqa bir qator ayblovlar qo‘yildi. Endi ularni asal oyidan avval sud jarayoni kutmoqda.
Bu ularning ilk xavfli chiqishi emas. Juftlik dunyoning turli mamlakatlaridagi osmono‘par binolarga ekstremal tarzda chiqishlari bilan mashhur bo‘lib, bu sarguzashtlari haqida hujjatli film ham suratga olingan.